“EVROPА ITTIFOQI HUQUQINI O‘QITISh BO‘YICHА JАN MONE KАFEDRАSI” LOYIHАSINING I SEMESTR YAKUNLАRI MUHOKАMАSI
“EVROPА ITTIFOQI HUQUQINI O‘QITISh BO‘YICHА JАN MONE KАFEDRАSI” LOYIHАSINING I SEMESTR YAKUNLАRI MUHOKАMАSI
I Semestrning asosiy natijalari
Natijalar
Dec 27, 2022
Birinchi semestr yakunlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan Loyiha a’zolarining fidbek yig‘ilishida Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) tomonidan amalga oshirilayotgan “Jean Monnet Chair in European Union Law” grant loyihasining dastlabki natijalari haqida ma’lumotberildi va muhokama qilindi.
Birinchi semestr davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1. Loyihaning taqdimoti tashkil etildi va loyiha faoliyatiga rasman start berildi (Kick-off meeting). Loyiha jamoasi shakllantirildi: loyiha rahbari – Xalqaro huquq va qiyosiy qonunchilik fakulteti dekani, professor Dildora Umarxanova, loyiha koordinatori – Jan Monne kafedrasi rahbari Xaydarali Yunusov, kafedra assistentlari – Saidkomil Ibodullayev, Umida Sherxanova va Daler Valijonov.
2. “YEvropa Ittifoqi huquqi” o‘quv dasturi ishlab chiqildi va universitet ilmiy kengashida tasdiqlandi.
3. Bakalavriat va magistratura talabalari uchun ma’ruza materiallari va tarqatma materiallar tayyorlandi
4. Loyiha veb-saytining dastlabki versiyasi yaratildi.
5. Yevropa Ittifoqi davlatlarining universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar boshlandi.
6. Talabalar bilimini baholash mezonlari ishlab chiqildi, shu maqsadda testlar va kazuslar to‘plamini yaratish ishlari boshlandi.
7. Loyiha ish rejasiga muvofiq 2022-yil 23-dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida Adliya vazirligi tegishli bo‘linmalarining yosh xodimlari va Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari uchun 101048015 – JMCEUL – “Jean Monnet Chair in European Union Law” grant loyihasi doirasida “YEvropa Ittifoqi huquqiy tizimi va tashqi aloqalarining rivojlanish tendensiyalari” mavzusidagi ma’ruza va amaliy seminar o‘tkazildi.
Loyiha faoliyatini takomillashtirish takliflari
I Semestr tahlili shuni ko‘rsatdiki, quyidagi yo‘nalishlarda ishlarni takomillashtirish zarur:
1. O‘zbek tilidagi o‘quv materiallarini yaratish ishlarini jadallashtirish – kerakli terminlar lug‘atini shakllantirish, asosiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish rejasini tuzish.
2. Seminar mashg‘ulotlari uchun keyslar va amaliy materiallar to‘plamini ishlab chiqish – Yevropa Ittifoqi sudi qarorlaridan namunalar tarjimasini tayyorlash, amaliy topshiriqlar shakllantirish.
3. Talabalarning bilim darajasini baholash tizimini takomillashtirish – test savollari bankini shakllantirish, mustaqil ish topshiriqlarini ishlab chiqish.
4. Loyiha veb-saytini mazmunan boyitish – yangiliklar, o‘quv materiallari, foydali havolalar bilan to‘ldirish.
5. Xalqaro aloqalarni kengaytirish – kamida 2-3 ta Yevropa universiteti bilan aniq hamkorlik kelishuvlarini imzolash.
Ikkinchi semestrda ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar tayinlandi va aniq muddatlar belgilandi. Loyiha jamoasi a’zolari o‘zaro tajriba almashish va metodik yordam ko‘rsatish uchun haftalik uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirildi.
Last NEWS