“YEVROPA ITTIFOQI HUQUQINI O‘QITISH BO‘YICHA JAN MONE KAFEDRASI” LOYIHASINING IV SEMESTR YAKUNLARI MUHOKAMASI
“YEVROPA ITTIFOQI HUQUQINI O‘QITISH BO‘YICHA JAN MONE KAFEDRASI” LOYIHASINING IV SEMESTR YAKUNLARI MUHOKAMASI
IV semestrning asosiy natijalari
Natijalar
Jul 2, 2024
To‘rtinchi semestr yakunida loyiha doirasida quyidagi natijalarga erishildi:
1. Loyiha veb-sayti YI huquqiga oid yangiliklar va tahliliy materiallar bilan boyitildi.
2. Bakalavriat talabalari uchun “Yevropa Ittifoqi huquqi” kursi o‘qitildi.
3. Magistr talabalar uchun “Chuqurlashtirilgan Yevropa Ittifoqi huquqi” kursi o‘qitildi.
4. Loyiha ish rejasiga muvofiq 2024-yil 10-may kuni Toshkent davlat yuridik universitetida Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va tadqiqotchilari uchun 101048015 – JMCEUL – “Jean Monnet Chair in European Union Law” grant loyihasi doirasida “Yevropa Ittifoqiga oid fanlar sohasida ta’lim va tadqiqot metodlari: o‘ziga xosliklari va zamonaviy tendentsiyalari” mavzusidagi seminar tashkil etildi.
5. Loyiha ish rejasiga muvofiq 2024-yil 23-iyun kuni Toshkent davlat yuridik universitetida Adliya vazirligi tegishli bo‘linmalarining yosh xodimlari va Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari uchun 101048015 – JMCEUL – “Jean Monnet Chair in European Union Law” grant loyihasi doirasida “Yevropa Ittifoqi huquqiy tizimi va tashqi aloqalarining rivojlanish tendentsiyalari” mavzusidagi ma’ruza va amaliy seminar o‘tkazildi.
6. “Yevropa Ittifoqi huquqiga oid eng yaxshi maqolalar” tanlovi tashkil etildi va uning g‘oliblari aniqlandi hamda maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi. Tanlovda 150 dan ortiq talaba ishtirok etdi.
7. Loyiha veb-saytida "Yevropa Ittifoqi yangiliklari" rukni yo‘lga qo‘yildi.
8. Within the framework of the project, Project member visited several universities in Latvia (from 8 January to 8 February 2024). At these universities, were acquainted with the programs of the subject of EU law, the methodology of teaching and the content of textbooks.
9. Project member also participated in the International Round Table on the topic of “The system of management of educational institutions of Western Europe” which was organized by Latvia University, and shared opinions within the framework of the law of the European Union (on 16th of January 2024).
10. Loyiha jamoasi a’zolari tomonidan ilmiy jurnal va to‘plamlarda Yevropa Ittifoqi huquqi va Yevropa Ittifoqi tashqi siyosatiga oid ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.
IV semestr tahlili natijasida quyidagi takliflar ishlab chiqildi:
Professor-o‘qituvchilar malakasini yanada oshirish uchun – Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga malaka oshirish safarlarini tashkil etish lozim.
1. Yevropa Ittifoqi institutlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatilmagan – Yevropa Komissiyasi va boshqa institutlar bilan hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish kerak.
2. Doktorantura (PhD) darajasida Yevropa Ittifoqi huquqi yo‘nalishida tadqiqotlar kam – bu yo‘nalishda ilmiy rahbarlikni kuchaytirish zarur.
3. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi bo‘yicha tahliliy va ekspertlik faoliyati sust – davlat organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish lozim.
4. Talabalarning Yevropa universitetlariga almashinuv dasturlari bo‘yicha borish imkoniyatlari cheklangan – Erasmus+ va boshqa dasturlar doirasida almashinuv imkoniyatlarini kengaytirish kerak.
Beshinchi semestr uchun yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Xususan, professor-o‘qituvchilar uchun Yevropa universitetlariga malaka oshirish safarlarini tashkil etish, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikni kuchaytirish va doktorantlar uchun Yevropa Ittifoqi huquqi bo‘yicha ilmiy seminarlar tashkil etish rejalashtirildi.
Last NEWS