“YEVROPA ITTIFOQI HUQUQINI O‘QITISH BO‘YICHA JAN MONE KAFEDRASI” LOYIHASINING VI SEMESTR YAKUNLARI MUHOKAMASI
“YEVROPA ITTIFOQI HUQUQINI O‘QITISH BO‘YICHA JAN MONE KAFEDRASI” LOYIHASINING VI SEMESTR YAKUNLARI MUHOKAMASI
VI semestrning asosiy natijalari
Natijalar
Apr 29, 2025
Oltinchi semestr yakunida loyiha doirasida quyidagi natijalarga erishildi:
1. Loyiha veb-sayti YI huquqiga oid yangiliklar va tahliliy materiallar bilan boyitildi.
2. Bakalavriat talabalari uchun “Yevropa Ittifoqi huquqi” kursi o‘qitildi.
3. Magistr talabalar uchun “Chuqurlashtirilgan Yevropa Ittifoqi huquqi” kursi o‘qitildi.
4. Loyiha ish rejasiga muvofiq 2025-yil 23-aprel kuni Toshkent davlat yuridik universitetida Adliya vazirligi tegishli bo‘linmalarining yosh xodimlari va Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari uchun 101048015 – JMCEUL – “Jean Monnet Chair in European Union Law” grant loyihasi doirasida “Yevropa Ittifoqi huquqiy tizimi va tashqi aloqalarining rivojlanish tendentsiyalari” mavzusidagi ma’ruza va amaliy seminar o‘tkazildi.
5. Loyiha ish rejasiga muvofiq 2025-yil 25-aprel kuni Toshkent davlat yuridik universitetida Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va tadqiqotchilari uchun 101048015 – JMCEUL – “Jean Monnet Chair in European Union Law” grant loyihasi doirasida “Yevropa Ittifoqiga oid fanlar sohasida ta’lim va tadqiqot metodlari: o‘ziga xosliklari va zamonaviy tendentsiyalari” mavzusidagi seminar tashkil etildi.
6. “Yevropa Ittifoqi huquqiga oid eng yaxshi maqolalar” tanlovi tashkil etildi va uning g‘oliblari aniqlandi hamda maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi. Tanlovda 55 dan ortiq talaba ishtirok etdi.
7. Loyiha jamoasi a’zolari tomonidan ilmiy jurnal va to‘plamlarda Yevropa Ittifoqi huquqi va Yevropa Ittifoqi tashqi siyosatiga oid ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.
8. Ommaviy axborot vositalarida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo bo‘yicha ommabop maqolalar chop etildi.
9. Loyiha natijalarini baholash bo‘yicha to‘liq hisobot tayyorlandi, unda miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari batafsil tahlil qilindi.
10. Loyihaning barqarorligini ta’minlash uchun 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan strategik reja ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Loyiha yakunlangandan so‘ng quyidagi yo‘nalishlarda ishlarni davom ettirish rejalashtirildi:
1. "Yevropa Ittifoqi huquqi bo‘yicha respublika ta’lim markazi"ni tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
2. Yevropa Ittifoqi huquqi bo‘yicha onlayn ta’lim platformasini yanada rivojlantirish va kengaytirish.
3. Yangi grant loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish ("Jean Monnet Center of Excellence" va boshqa yo‘nalishlarda).
4. Yevropa Ittifoqi universitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish.
5. Yevropa Ittifoqi huquqi bo‘yicha ilmiy maktabni shakllantirish va rivojlantirish.
Xulosa qilib aytganda,
“Yevropa Ittifoqi huquqini o‘qitish bo‘yicha Jan Mone kafedrasi” loyihasi doirasida olti semestr davomida quyidagi asosiy natijalarga erishildi:
1. Yevropa Ittifoqi huquqi bo‘yicha o‘zbek tilidagi o‘quv adabiyotlari fondi yaratildi (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy materiallar).
2. Professor-o‘qituvchilar va talabalarning Yevropa Ittifoqi huquqi sohasidagi bilim va ko‘nikmalari sezilarli darajada oshdi.
3. Yevropa universitetlari va institutlari bilan barqaror hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
4. Yevropa Ittifoqi huquqi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy maktab shakllandi.
5. Talabalar va amaliyotchi mutaxassislar uchun Yevropa Ittifoqi huquqini o‘rganish imkoniyatlari kengaytirildi.
6. Loyiha natijalarining barqarorligini ta’minlash uchun institutsional va strategik asoslar yaratildi.
Loyiha jamoasi a’zolari ushbu natijalarga erishishda fidokorona mehnat qildilar. Loyiha rahbari Dildora Umarxanova va koordinator Xaydarali Yunusovning professional yetakchiligi, shuningdek, Saidkomil Ibodullaev, Umida Sherxanova va Daler Valijonovning samarali ishlari tufayli loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Universitet rahbariyati va xalqaro hamkorlarning qo‘llab-quvvatlashi ham loyiha muvaffaqiyatida muhim rol o‘ynadi.
Kelgusida Yevropa Ittifoqi huquqi sohasidagi bilimlarni yanada keng tarqatish va bu sohada yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash borasidagi ishlarni davom ettirish rejalashtirilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonning xalqaro huquqiy munosabatlardagi o‘rnini mustahkamlashga va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Last NEWS