“YEVROPA ITTIFOQI HUQUQINI O‘QITISH BO‘YICHA JAN MONE KAFEDRASI” LOYIHASINING II SEMESTR YAKUNLARI MUHOKAMASI
“YEVROPA ITTIFOQI HUQUQINI O‘QITISH BO‘YICHA JAN MONE KAFEDRASI” LOYIHASINING II SEMESTR YAKUNLARI MUHOKAMASI
II Semestrning asosiy natijalari
Natijalar
2023 M07 4
Ikkinchi semestr yakunida loyiha doirasida quyidagi natijalarga erishildi:
"Yevropa Ittifoqi huquqi asoslari" nomli darslik qo‘lyozmasi tayyorlandi.
Yevropa Ittifoqi huquqiga oid 50 dan ortiq atamalardan iborat lug‘at shakllantirildi.
Seminar mashg‘ulotlari uchun keyslar to‘plami (20 ta keys) ishlab chiqildi.
Loyiha veb-sayti YI huquqiga oid yangiliklar va tahliliy materiallar bilan boyitildi.
Bakalavriat talabalari uchun “Yevropa Ittifoqi huquqi” kursi o‘qitildi.
Magistr talabalar uchun “Chuqurlashtirilgan Yevropa Ittifoqi huquqi” kursi o‘qitildi.
Loyiha ish rejasiga muvofiq 2023-yil 12-may kuni Toshkent davlat yuridik universitetida Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va tadqiqotchilari uchun 101048015 – JMCEUL – “Jean Monnet Chair in European Union Law” grant loyihasi doirasida “Yevropa Ittifoqiga oid fanlar sohasida ta’lim va tadqiqot metodlari: o‘ziga xosliklari va zamonaviy tendentsiyalari” mavzusidagi seminar tashkil etildi.
Loyiha ish rejasiga muvofiq 2023-yil 30-iyun kuni Toshkent davlat yuridik universitetida Adliya vazirligi tegishli bo‘linmalarining yosh xodimlari va Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari uchun 101048015 – JMCEUL – “Jean Monnet Chair in European Union Law” grant loyihasi doirasida “Yevropa Ittifoqi huquqiy tizimi va tashqi aloqalarining rivojlanish tendentsiyalari” mavzusidagi ma’ruza va amaliy seminar o‘tkazildi.
Loyiha jamoasi a’zolari tomonidan ilmiy jurnal va to‘plamlarda Yevropa Ittifoqi huquqi va Yevropa Ittifoqi tashqi siyosatiga oid ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.
Talabalar va hamkasblar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ikkinchi semestrda quyidagi kamchiliklar aniqlandi va ular asosida loyiha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi takliflar ishlab chiqildi:
Elektron ta’lim resurslari yetarli darajada shakllantirilmagan – onlayn kurslar, video ma’ruzalar va interaktiv materiallar yaratish zarur.
Talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun simulyatsion o‘yinlar va debatlar yetarli emas – “Model EU” va shunga o‘xshash tadbirlarni rejalashtirish lozim.
Xorijiy ekspertlarni jalb qilish darajasi past – onlayn ma’ruzalar va master-klasslar tashkil etish imkoniyatlaridan foydalanish kerak.
Ilmiy maqolalar nashr etish sur’ati sekin – xalqaro jurnallarda maqolalar chop etish rejasini ishlab chiqish zarur.
II semestr uchun ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq reja tuzildi. Jumladan, elektron ta’lim platformasini yaratish va xalqaro ekspertlarni jalb qilish kelishib olindi.
oxirgi yangiliklar