Dildora Umarxanova

Umarxanova Dildora Sharipxanovna

Dildora Umarxanova

Loyiha rahbari, yuridik fanlari doktori, professor

Yuridik fanlar doktori, professor Umarxanova Dildora Sharipxanovna 1984 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan.

2001 yilda Toshkent davlat yuridik institutini "Huquqshunoslik"mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.

2005-2007 yillarda mazkur institutning magistratura bosqichida tahsil olgan.

D.Umarxanova 2005-2006 yillarda "BSM - ADVOKAT" advokatlik firmasi advokat yordamchisi, 2006-2010 yillarda "BSM - ADVOKAT" advokatlik firmasi advokati, 2007-2010 yillarda Toshkent davlat yuridik instituti aspiranti, 2010-2011 yillarda "PEACE WINDS" advokatlik firmasi advokati, 2011-2013 yillarda Toshkent davlat yuridik instituti "xalqaro va qiyosiy huquq" kafedrasi o'qituvchisi, katta o'qituvchisi, 2013-2014 yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro ommaviy huquq kafedrasi katta o'qituvchisi, 2015-2017 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, 2018-2020 yillardaToshkent davlat yuridik universiteti xalqaro ommaviy huquq kafedrasi dosent v.b, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelgan.

U 2020 yildan hozirgi vaqtga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.

Nomzodlik dissertatsiyasini 2010 yilda himoya qilgan, dotsent ilmiy unvoni 2019 yilda berilgan, 2018 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va 2022 yildan xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi professori. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti qoshidagi konsultativ-muvofiqlashtiruvchi kengash a'zosi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazoart qilish davlat inspektsiyasi tomonidan tashkil etilgan xorijdiy davlatlarda ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlarni tan olish bo'yicha "Huquqshunoslik" sohasi eksperti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.11/30.12.2019.Tar/Yu/I/S/24.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi 12.00.10-xalqaro huquq ixtisosligi bo'yicha (yuridik fanlar) o'tkaziladigan ilmiy seminar a'zosidir.

Bundan tashqari, Toshkent davlat yuridik universiteti xuzuridagi DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik12.00.10.- Xalqaro huquq ixtisosligi bo'yicha tashkil etilgan ilmiy kengash raisi o'rinbosari hisoblanadi. Ilmiy faoliyat doirasida 2 ta xalqaro, 3 ta milliy grantlarda ishtirok etgan. Hozirgi kungacha 50 ga yaqin magistrlik ishlariga, 6 ta mustaqil izlanuvchilarga (PhD) va 1 ta doktorlik ishlariga (D.Sc.) ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.

Ilmiy qiziqishlari: Xalqaro ommaviy xuquq, xalqaro jinoyat huquqi, inson huquqlari, gender tengligi, xalqaro shartnomalar huquqi..

O‘qitadigan fanlari: Xalqaro jinoyat huquqi, Xalqaro huquq, Xalqaro shartnomalar huquqi.

Loyihadagi roli: ISCO-88 (COM) boʻyicha I toifali (Yuqori mansabdor shaxs/Dekan) sifatida u TDYuU loyihasi guruhining rahbari va TDYuU nomidan ish yurituvchi rasmiy vakil boʻlib, oraliq va yakuniy ishlar boʻyicha hisobotlar uchun javobgardir. Loyiha faoliyati. U butun Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lib, barcha Loyiha bo'linmalarining birgalikda ishlashini ta'minlaydi, ichki muvofiqlik va birdamlikni ta'minlaydi. Loyiha doirasida ko‘zda tutilgan ilmiy va o‘quv faoliyatining o‘z vaqtida nashr etilishini ta’minlash ham uning shaxsiy mas’uliyati hisoblanadi.

Uning vakolatiga ommaviy axborot vositalari uchun axborot va yangiliklar tayyorlash kiradi.

Bundan tashqari, u veb-sayt yaratish jarayoni uchun shaxsan javobgardir va Jean Monnet Chair veb-saytining uzluksiz ishlashini ta'minlaydi.

Shu bilan birga, ishchi guruh a’zosi sifatida o‘quv jarayonlarida ishtirok etadi, ma’ruzalar o‘qiydi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Shuningdek, u loyiha tadbirlari va targ'ibot tadbirlarida ishtirok etadi.


+998 71 236 28 06

info@tsul.com

100047, Sayilgokh str. 35, Tashkent / UZBEKISTAN

Tashkent State University of Law invites you to explore EU Law through the Jean Monnet project. Advanced courses for undergraduate and graduate students.

JMCEUL 2023 ©, All rights reserved

Developed with

by

Tashkent State University of Law invites you to explore EU Law through the Jean Monnet project. Advanced courses for undergraduate and graduate students.

JMCEUL 2023 ©, All rights reserved

+998 71 233 28 06

info@tsul.com

100047, Sayilgokh str. 35, Tashkent / UZBEKISTAN

Tashkent State University of Law invites you to explore EU Law through the Jean Monnet project. Advanced courses for undergraduate and graduate students.

JMCEUL 2023 ©, All rights reserved

Developed with

by

100047, Sayilgokh str. 35, Tashkent / UZBEKISTAN

+998 71 236 28 06

info@tsul.com