Sayidkomil Abdullayev

Sayidkomil Abdullayev

O'qituvchi, kafedra mudiri yordamchisi va lektor

Sayidkomil Ibodullayev - "MY LAWYER" advokatlik firmasining huquqshunosi. Qolaversa, Toshkent davlat yuridik universitetida (TDYU) turli lavozimlarda (o'qituvchi, dekan o'rinbosari, rektor yordamchisi) faoliyat olib borgan va hozirda kafedrada PhD ilmiy darajasini olish maqsadida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 2-darajali yurist, professional mediator.

U o'zining alma materini (TDYU) muvaffaqiyatli tamomlagach, PF-5987 bo'yicha ilk grant sohibiga aylandi hamda dunyoning 20 ta talabasiga taqdim etiladigan "Chancellor's Award of the University of Glasgow 2020" grantini qo'lga kiritib, Qo'shma Qirollikning Glazgo Universiteti (University of Glasgow) magistratura bosqichida tahsil olgan va "with Merit" darajasi bilan muvaffaqiyatli yakunlagan.

Bir qator maqola hamda darsliklar muallifi, shu jumladan, "Jahon savdo tashkiloti", "JST bo'yicha qo'llanma" hamda "Ilmiy tadqiqot olib borish uslubiyoti" asarlari uning ishtirokida tayyorlangan.

Bundan tashqari dunyodagi eng nufuzli Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition xalqaro huquq bo'yicha musobaqa ishtirokchisi, murabbiyi hamda Vashingtonda (AQSh) bo'lib o'tadigan xalqaro raundlar hakami. Shu bilan birga, O'zbekistonda birinchi va hozirda yagona John H. Jackson WTO Law Moot Court Competition jamoasiga murabbiylik qilgan.

Universitetdagi faoliyatdan tashqari, Sayidkomil Ibodullayev Adliya vazirligining JST masalalari bo'yicha ishchi guruhida hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida tashkil etilgan 2023-yilgi Konstitusiyaviy islohotlar bo'yicha ekspertlar a'zosi sifatida ham faoliyat yuritgan.

Sayidkomil Ibodullayev BMT Taraqqiyot dasturining hamda JST Xalqaro savdo markazining JST masalalari bo'yicha milliy konsultanti ham hisoblanadi.

+998 71 236 28 06

info@tsul.com

100047, Sayilgokh str. 35, Tashkent / UZBEKISTAN

Tashkent State University of Law invites you to explore EU Law through the Jean Monnet project. Advanced courses for undergraduate and graduate students.

JMCEUL 2023 ©, All rights reserved

Developed with

by

Tashkent State University of Law invites you to explore EU Law through the Jean Monnet project. Advanced courses for undergraduate and graduate students.

JMCEUL 2023 ©, All rights reserved

+998 71 233 28 06

info@tsul.com

100047, Sayilgokh str. 35, Tashkent / UZBEKISTAN

Tashkent State University of Law invites you to explore EU Law through the Jean Monnet project. Advanced courses for undergraduate and graduate students.

JMCEUL 2023 ©, All rights reserved

Developed with

by

100047, Sayilgokh str. 35, Tashkent / UZBEKISTAN

+998 71 236 28 06

info@tsul.com