“YEVROPA ITTIFOQI HUQUQINI O‘QITISH BO‘YICHA JAN MONE KAFEDRASI” LOYIHASINING III SEMESTR YAKUNLARI MUHOKAMASI

“YEVROPA ITTIFOQI HUQUQINI O‘QITISH BO‘YICHA JAN MONE KAFEDRASI” LOYIHASINING III SEMESTR YAKUNLARI MUHOKAMASI

III Semestrning asosiy natijalari

Natijalar

Dec 28, 2023

Uchinchi semestr davomida loyiha doirasida quyidagi muhim natijalarga erishildi:

1. “Yevropa Ittifoqi huquqi asoslari” darsligi nashr etildi.

2. Yevropa Ittifoqi huquqiga oid elektron kutubxona yaratildi, unda resurslar joylashtirildi.

3. Bakalavriat va magistratura talabalari uchun “Yevropa Ittifoqi huquqi” fani bo‘yicha ma’ruza materiallari boyitildi va to‘ldirildi.

4. Talabalar bilimini baholash mezonlari ishlab chiqildi, testlar va kazuslar to‘plami yaratildi.

5. Talabalarga qo‘shimcha ma’lumotlar va bilim berish uchun ijtimoiy tarmoqlarda (Telegram) maxsus kanallar tashkil etildi.

6. Loyiha ish rejasiga muvofiq 2023-yil 20-dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida Adliya vazirligi tegishli bo‘linmalarining yosh xodimlari va Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari uchun 101048015 – JMCEUL – “Jean Monnet Chair in European Union Law” grant loyihasi doirasidagi “Yevropa Ittifoqi huquqiy tizimi va tashqi aloqalarining rivojlanish tendentsiyalari” mavzusidagi ma’ruza va amaliy seminar o‘tkazildi.

Loyiha faoliyatini takomillashtirish takliflari

III semestr tahlili shuni ko‘rsatdiki, quyidagi yo‘nalishlarda ishlarni takomillashtirish zarur deb topildi:

1. Talabalarning til bilish darajasi Yevropa Ittifoqi hujjatlari bilan ishlash uchun yetarli emas – Ingliz tili bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etish zarur.

2. Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarida Yevropa Ittifoqi huquqiga oid mavzular sonini oshirish – mavzular ro‘yxatini kengaytirish va talabalarni yo‘naltirish kerak.

3. Loyiha natijalarini ommalashtirish darajasi yetarli emas – ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda faolroq bo‘lish lozim.

4. Amaliyotchi mutaxassislar (advokatlar, sudyalar, diplomatlar) uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan – amaliyotchilar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqish kerak.

5. Grant mablag‘laridan foydalanish samaradorligi to‘liq emas – xarajatlar optimizatsiyasini amalga oshirish va qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini izlash zarur.

To‘rtinchi semestr uchun ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Xususan, amaliyotchilar uchun maxsus kurslar tashkil etish, talabalar uchun ingliz tili bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish va loyiha natijalarini ommalashtirish strategiyasini takomillashtirish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Last NEWS

+998 71 236 28 06

info@tsul.com

100047, Sayilgokh str. 35, Tashkent / UZBEKISTAN

Tashkent State University of Law invites you to explore EU Law through the Jean Monnet project. Advanced courses for undergraduate and graduate students.

JMCEUL 2023 ©, All rights reserved

Developed with

by

Tashkent State University of Law invites you to explore EU Law through the Jean Monnet project. Advanced courses for undergraduate and graduate students.

JMCEUL 2023 ©, All rights reserved

+998 71 233 28 06

info@tsul.com

100047, Sayilgokh str. 35, Tashkent / UZBEKISTAN

Tashkent State University of Law invites you to explore EU Law through the Jean Monnet project. Advanced courses for undergraduate and graduate students.

JMCEUL 2023 ©, All rights reserved

Developed with

by

100047, Sayilgokh str. 35, Tashkent / UZBEKISTAN

+998 71 236 28 06

info@tsul.com