“YEVROPA ITTIFOQI HUQUQINI O‘QITISH BO‘YICHA JAN MONE KAFEDRASI” LOYIHASINING V SEMESTR YaKUNLARI MUHOKAMASI
“YEVROPA ITTIFOQI HUQUQINI O‘QITISH BO‘YICHA JAN MONE KAFEDRASI” LOYIHASINING V SEMESTR YaKUNLARI MUHOKAMASI
V semestrning asosiy natijalari
Natijalar
Dec 28, 2024
Beshinchi semestr davomida loyiha doirasida quyidagi yutuqlarga erishildi:
1. Bakalavriat va magistri talabalari uchun “Yevropa Ittifoqi huquqi” fani bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar materiallari boyitildi.
2. Talabalar bilimini baholash mezonlari takomillashtirildi, testlar va kazuslar to‘plami boyitildi.
3. Talabalarga qo‘shimcha ma’lumotlar va bilim berish uchun ilmiy to‘garak va qo‘shimcha darslar joriy etildi.
4. Loyiha ish rejasiga muvofiq 2024-yil 26-dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida Adliya vazirligi tegishli bo‘linmalarining yosh xodimlari va Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari uchun 101048015 – JMCEUL – “Jean Monnet Chair in European Union Law” grant loyihasi doirasidagi “Yevropa Ittifoqi huquqiy tizimi va tashqi aloqalarining rivojlanish tendentsiyalari” mavzusidagi ma’ruza va amaliy seminar o‘tkazildi.
5. Loyiha a’zosi Estoniyadagi Tallin universitetiga malaka oshirish safarini amalga oshirdi.
6. Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda "Yevropa Ittifoqida inson huquqlari" mavzusida xalqaro konferentsiya o‘tkazildi.
V semestr tahlili natijasida quyidagi takliflar ishlab chiqildi:
1. Loyihaning barqarorligini ta’minlash mexanizmlari yetarli emas – loyiha yakunlangandan so‘ng amalga oshiriladigan ishlar rejasini ishlab chiqish zarur.
2. Yevropa Ittifoqi huquqi bo‘yicha o‘quv materiallari barcha huquq sohalarini to‘liq qamrab olmagan – iste’molchilar huquqi, ekologiya huquqi, raqamli huquq kabi sohalarda qo‘shimcha materiallar tayyorlash kerak.
3. Xususiy sektor vakillari bilan aloqalar sust – biznes vakillari uchun Yevropa Ittifoqi bozoriga kirish imkoniyatlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish zarur.
Keyingi yakuniy semestr uchun ushbu muammolarni hal qilish bo‘yicha strategiya ishlab chiqildi. Xususan, loyihaning barqarorligini ta’minlash uchun strategik reja ishlab chiqish, qo‘shimcha o‘quv materiallari yaratish va respublika miqyosida hamkorlik tarmoqlarini kengaytirish rejalashtirildi.
Last NEWS