G‘arbiy Yevropa ta’lim muassasalarini boshqarish tizimining asosiy jihatlari haqida fikr almashildi
17 янв. 2024 г.
10:00-11:00
Latviya universiteti
Yevropa Ittifoqining tadqiqot va innovatsiyalar bo‘yicha Horizon RISE 101086415 “Caucasus and Central Asia Research on Social Innovation: Development Assistance, Innovation and Societal Transformation, (CARSI)” loyihasi doirasida tashkil etilgan tashrif davomida TDYU delegatsiyasi hamda Latviya universitetining Biznes, menejment va iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Anjumanda G‘arbiy Yevropa ta’lim muassasalarini boshqarish tizimining asosiy jihatlari haqida fikr almashildi.
Ma’lumot uchun: Toshkent davlat yuridik universiteti Horizon RISE 101086415 “Caucasus and Central Asia Research on Social Innovation: Development Assistance, Innovation and Societal Transformation (CARSI)” loyihasida YI ning qator ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari — University of Latvia (Latviya), Dublin City University (Irlandiya), Marmara University (Turkiya), Economic Policy and Research Center (Chexiya), Kiev International Institute of Sociology (Ukraina), Universidade de Coimbra (Portugaliya), Uppsala Universitet (Shvesiya), Tallinna Tehnikaülikool (Estoniya) hamkor tashkilot sifatida ishtirok etib kelyapti.


tadbirlar