Haydarali Yunusov
1993-1997-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida, 1997-2000 yillar davomida Fransiyaning Sofiya-Antipolis universiteti Xalqaro ommaviy va xususiy huquq fakultetining magistratura dasturida tahsil olgan.
Buyuk Britaniyaning London diplomatik akademiyasi kursi (2002 y.) va Shvetsiyadagi Uppsala universitetining "Ziddiyatlarni hal etish" (Conflict Resolution) maxsus dasturini tamomlagan (2004 y.).
AQShning Jorj Vashington universiteti va Florida Kastl oliy huquq maktabi (2004-2005-yy.), Yaponiyaning Tsukuba universiteti (2006-y.), Polshaning Yagellonian universiteti (2007-y.), Germaniyaning Bonn va Gamburg universitetlari (2012-y.), Fransiyaning Parij 1 Panteon-Sorbonna universiteti (2013-y.) kabi nufuzli xorijiy oliygohlarda ilmiy tadqiqotchilik va pedagogik faoliyat ko‘rsatgan.
Yevropa huquqi akademiyasi (Germaniya), Osiyo xalqaro huquq akademiyasi (Xitoy), Osiyo qiyosiy huquq akademiyasi (Xitoy), Amerika xalqaro huquq assotsiatsiyasi (AQSh) a’zosi.
Bir qator darslik va o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalar, ilmiy-ommabop risolalar hamda 150 dan ortiq ilmiy va publitsistik maqolalar muallifi.
Ilmiy qiziqishlari: Yevropa huquqi, mintaqaviy integratsiya, islom huquqi, qiyosiy huquq, savdo huquqi, transchegaraviy suv resurslari, konstitutsiyaviy huquq va davlat boshqaruvi.
O‘qitadigan fanlari: Xalqaro huquq, Yevropa Ittifoqi huquqi, Yevropa huquqi, Islom huquqi, Xalqaro tashkilotlar huquqi
Loyihadagi roli: ISCO-88 (COM) boʻyicha II toifadagi Xodimlar (Kordinator/Bosh ijrochi/oʻqituvchi/katta ilmiy xodim) – loyiha boʻyicha muvofiqlashtiruvchi, chairholder va ijrochi masʼul. U loyiha doirasida minimum o'quv soatini taqdim etadi, barcha o'quv faoliyatini ham tashkiliy, ham uslubiy kontseptual muvofiqlashtiradi. U Yevropalik hamkorlar bilan aloqa qilish, kerak bo'lganda uchrashuvlar tashkil etish, tadbirlarni tashkil etish, Yevropa Ittifoqi Komissiyasiga oraliq va yakuniy hisobotlarni taqdim etish, darslik nashr etish va qo'shimcha tadbirlarni o'tkazish, o'rta va yakuniy taraqqiyot hisobotlarini tayyorlash, ma'lumot va yangiliklarni tayyorlash uchun javobgardir.