Ilmiy maqolalar tanlovi
TDYUda “Jean Monnet Chair in European Union Law” grant loyihasi doirasida YI huquqining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi
Tanlov
May 22, 2024
Talabalarning Yevropa Ittifoqi huquqiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, bu boradagi bilimlarini yanada mustahkamlash va ilmiy faolligini rag‘batlantirish, shuningdek, iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning ta’lim va tadqiqotchilik sohasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan tanlovda ishtirok etishni istaganlar “Jean Monnet Chair in EU Law” Telegram kanalining a’zosi bo‘lishi hamda 27-mayga qadar quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak: https://forms.gle/BHoCsY1mi8fUWsVr5
Tanlov shartlari:
— tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi;
— 1-bosqichda tavsiya etilgan yoki tanlab olingan mavzular bo‘yicha ilmiy maqolalar 15-iyunga qadar Tanlov komissiyasiga tegishli platforma yoki Telegram orqali yuboriladi. Komissiya xulosasiga ko‘ra, eng ko‘p ball to‘plagan 9 nafar ishtirokchi 2-bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi;
— 2-bosqichda 9 nafar ishtirokchi o‘z ilmiy maqolasining mazmuni bo‘yicha 10-15 daqiqalik og‘zaki ma’ruza qiladi;
— yakunda 9 nafar ishtirokchi orasidan umumiy 100 ballik tizim bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritadi.
Bundan tashqari, tanlov ishtirokchilarining eng yaxshi maqolalari “Jean Monnet Chair in European Union Law”ning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi va respublikaning yuridik ilmiy jurnallarida e’lon qilish uchun tavsiya etiladi.
Last news