TDYUda “Yevropa Ittifoqi huquqi” mavzusida maxsus kurs tashkil etiladi
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tomonidan “Jean Monnet Chair in European Union Law” grant loyihasi doirasida “Yevropa Ittifoqi huquqi” mavzusida maxsus kurs tashkil etilmoqda.
E'lon
18 мар. 2024 г.
Kurs doirasidagi mashg‘ulotlar o‘zbek va rus tilida o‘tkazilib, ularni Yevropa Ittifoqi huquqi professori X.Yunusov, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti dekani, professor D.Umarxanova, Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi dotsenti D.Valijonov va Xalqaro xususiy huquq kafedrasi o‘qituvchisi S.Ibodullayev olib boradi.
Maxsus kurs yakunida barcha tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etiladi.
Kurs mashg‘ulotlarida ishtirok etishni istaganlar 1-aprelga qadar quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeq-qrwbc3ltKodEkh_7hn3AA6P236Nx5yRhXpYrls5wGuecA/viewform?usp=sf_link
Eslatib o‘tamiz, kursda joylar cheklangan! Ro‘yxatdan o‘tish “First come — first served” tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun: “Jean Monnet Chair in European Union Law” grant loyihasi “Erasmus+” dasturi tomonidan moliyalashtirilib va Yevropa Ittifoqining Taʼlim va Madaniyat boʻyicha Yevropa Ijroiya Agentligi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
Last news